-
Qachon:
1938-yil
-
Kim:
Laslo Biro
-
Qayerda:
Avstro-Vengriya
Vaksina biz uchun notanish soʻz emas. Toʻgʻri, yoshligimizda qilingan vaksinalarni eslay olmasligimiz mumkin, ammo oʻtgan yillar davomida barchamiz koronavirusga qarshi vaksina olganimiz va u bizga kasallik yuqishining oldini olishda yordam bergani hali xotiramizdan koʻtarilgani yoʻq. Ushbu maqolada vaksina oʻzi nima ekani va u qanday ixtiro qilingani haqida gaplashamiz.
Vaksina (lotinchada “vacca” — sigir, “vaccinus” — sigirga oid, soʻzlashuvda — emlanish) — infeksion kasalliklarning oldini olish yoki davolash maqsadida qoʻllanadigan preparat.
Asl emlashning kelib chiqish joyi sifatida ikkita joy taklif qilingan: Hindiston va Xitoy. Xitoyda 1500-yillarning oʻrtalariga oid “insuflatsiya” (chechak materialini burunga puflash) amaliyoti haqida yozma maʼlumotlar mavjud. Shu bilan birga, XVIII asrga oid igna yordamida emlash amaliyoti Hindistonda ming yillar davomida amalda boʻlgan va qadimgi Sanskrit matnlarida tasvirlangan degan daʼvolar uchraydi. Bu esa koʻplab bahs-munozaraga sabab boʻlgan.
Emlash ingliz shifokori Edvard Jenner tomonidan kashf etilgan boʻlib, u “immunologiyaning otasi” deb ataladi. Jennerning XVIII asr oxiridagi innovatsion ishi vaksina va immunizatsiya amaliyotining rivojlanishiga asos soldi. “XVIII asr oxirida chechak keng tarqalgan va halokatli kasallik edi. Biroq Jenner qoramoldan odamlarga yuqishi mumkin boʻlgan “sigir chechagi” deb ataluvchi chechakning yengil turiga chalingan sigir sogʻuvchilar ikkinchi marta chechakka chalinmaganini payqaydi.
Olim birinchi marta chechakka chalingan bemorlarda unga qarshi immunitet paydo boʻladi degan taxminga keladi. Ushbu kuzatuvga asoslanib, 1796-yilda Jenner oʻz gipotezasini tekshirish uchun muhim tajriba oʻtkazadi.
Jenner Sara Nelms ismli sigir sogʻuvchi qoʻlidagi chechak yarasidan namuna oladi. 8 yoshli Jeyms Fipps ismli bolaning qoʻlini pichoq yordamida tirnab, yaraning ochiq joyiga chechak namunasi kiritildi va mato boylab qoʻyildi. Bolada sigir chechagining yengil turi paydo boʻlgandan soʻng Jenner uning tuzalishini kutdi.

Keyinchalik Jenner bolakayga ogʻir chechakni ham yuborib sinov oʻtkazdi, lekin bolada chechakning ogʻir alomatlari paydo boʻlmadi va bola virusni osonlik bilan yengib chiqdi. Ushbu tajriba shuni koʻrsatadiki, sigir chechagining yengil turiga chalingan bemorlarda ogʻir chechakka qarshi immunitet hosil boʻladi.“
Jenner “vaksina” atamasini “vacca” — “sigir” degan maʼnoni anglatuvchi soʻzdan olgan edi. U bu soʻzni chechakka qarshi emlashda sigirdan foydalanish jarayonini tavsiflash uchun kiritgandi. 1798-yilda u oʻz xulosalarini “Variolae vaccinaeʼning sabab va oqibatlarini oʻrganish” yoki “Sigir chechagi haqida risola” nomli asarida nashr etdi. 1801-yilga kelib, xuddi shu usul yordamida taxminan 100 000 kishi emlandi.
Vaqt oʻtishi bilan tadqiqotchilar Jennerning ishiga asoslanib, turli yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalarni ishlab chiqdi. Fransuz olimi Lui Paster emlashni tushunishga, xususan, XIX asr oxirida quturish kasalligiga bagʻishlangan ishlari bilan tibbiyotga katta hissa qoʻshdi.
Vaksinaning rivojlanishi tibbiyot va sogʻliqni saqlash sohasida sezilarli yutuqlarga sabab boʻldi. Vaqt oʻtishi bilan emlash tamoyillari boshqa kasalliklarga nisbatan qoʻllanib, turli virusli va bakterial infeksiyalar uchun vaksinalar ishlab chiqishga turtki boʻldi.
Bugungi kunda emlash yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va butun dunyo boʻylab son-sanoqsiz insonlar hayotini saqlab qolishning asosi hisoblanadi. Edvard Jennerning ushbu tajribasi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda hal qiluvchi vosita sifatida vaksinalarni ishlab chiqish va immunizatsiyani yoʻlga qoʻyish uchun katta zamin yaratdi.
Manbalar: who.int, time.com, britannica.com
Muqova surat: midjourney.com