-
Qachon:
1938-yil
-
Kim:
Laslo Biro
-
Qayerda:
Avstro-Vengriya
Hujayra — barcha organizmlar ( hujayraga ega bo‘lmagan hayot shakllari — viruslardan tashqari) tuzilishi va hayotiy faoliyatining tarkibiy va funksional elementar birligidir. Hujayra o‘ziga xos metabolizmga ega bo‘lib, mustaqil yashash, o‘z-o‘zidan ko‘payish va rivojlanish xususiyatiga ega. Hujayralarning tuzilishi va faoliyatini o‘rganuvchi biologiya bo‘limi sitologiya deyiladi.
Hujayraning kashf qilinishi
Hujayralarni kashf qilgan birinchi odam ingliz olimi Robert Guk hisoblanadi. 1665-yilda mantar daraxti nima uchun suvda yaxshi suzishini o‘rganayotgan Guk mikroskop yordamida mantarning ingichka qismlarini tekshirayotib, mantar ko‘plab mayda hujayralarga bo‘linganligini ko‘radi. Hujayralar unga rohiblar yashaydigan xonalarni eslatgani uchun, uni cell (ingl. “xona, bo‘lma, hujra”) deb nomladi.
1675-yilda italiyalik shifokor Marchello Malpigi va 1681-yilda ingliz botanigi Neyemiya Gryu o‘simliklarning hujayraviy tuzilishini tasdiqladi. Ular hujayrani “oziqlantiruvchi sharbat bilan to‘ldirilgan flakon” sifatida tasvirlagan. 1674-yilda gollandiyalik usta Antoni van Levenguk o‘zi yaratgan mikroskop yordamida suv tomchisida harakatlanuvchi tirik organizmlar (infuzoriyalar, amyobalar, bakteriyalar)ni, shunindek, hayvonlar hujayralari — qizil qon tanachalari va spermatozoidlarni birinchi bo‘lib kuzatdi. Shunday qilib, XVIII asrning boshlariga kelib, olimlar yuqori kattalashtirish qurilmalari tufayli o‘simliklar hujayrali tuzilishga ega ekanligini aniqladilar va keyinchalik bir hujayralilar deb nom berilgan ba’zi organizmlarni ko‘rdilar. 1802—1808-yillarda fransuz tadqiqotchisi Sharl Fransua Mirbel o‘simliklar hujayralar hosil qilgan to‘qimalardan iborat ekanligini aniqladi. J.B. Lamark 1809-yilda Mirbelning hujayra tuzilishi haqidagi g‘oyasini hayvon organizmlariga tadqiq qildi. 1825-yilda chex olimi Yan Purkine qush tuxumi yadrosini kashf etdi va 1839-yilda fanga “protoplazma”( tirik hujayraning sitoplazma va yadrodan tashkil topgan tarkibiy qismi) atamasini kiritdi. 1831-yilda ingliz botanigi Robert Braun birinchi marta o‘simlik hujayrasining yadrosini tasvirlab berdi va 1833-yilda yadro o‘simlik hujayrasining majburiy organellasi (hujayraning hayot faoliyati davomida uning maxsus funksiyasining bajarilishini taʼminlovchi doimiy tarkibiy qismlari, yaʼni hujayra organlari) ekanligini aniqladi. Bu kashfiyotdan so‘ng hujayralarni tashkil qiladigan asosiy narsa membrana emas, balki uning tarkibi hisoblana boshlandi.
Hujayra tuzilmalarining kashf etilishi
Hujayra hayot jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga xos funksiyalarga ega alohida qismlardan tarkib topgan. Bu qismlarga hujayra devori, hujayra membranasi, sitoplazma, yadro va boshqa hujayra organellalari kiradi.
Hujayra devorini 1665-yilda Robert Guk mikroskop ostida juda yupqa mantar bo‘lagida bo‘sh qutiga o‘xshash bo‘linmalarni o‘rganayotganida kashf etgan. Guk hujayralarni suyuqliklarni o‘tkazuvchi o‘tish joylari deb o‘ylagan. 1804-yilda Karl Rudolf va J.H.F. Link har bir hujayra alohida hujayra devorlariga ega ekanligini isbotladi. Bunga qadar hujayralar suyuqlik o‘tkazuvchi umumiy devorga ega bo‘ladi deb hisoblanardi.
Plazma membrana deb ham ataluvchi hujayra membranasi har bir tirik hujayrani o‘rab turgan nozik pardadir. Hujayra membranasi ham Robert Guk tomonidan kashf qilingan. 1895-yilda Ernest Overton hujayra membranalari lipidlardan iborat degan fikrni ilgari surdi.1925-yilda Gorter va Grendel tomonidan taklif qilingan ikki qatlamli lipid gipotezasi kristallografik tadqiqotlar va sovun pufakchalari kuzatuvlari asosida hujayra membranasining ikki qavatli tuzilishini tavsiflash uchun spekulyatsiya yaratdi.
Hujayra yadrosini birinchi marta 1674-yilda Antoni van Levenguk kashf etgan, lekin u yadro hujayralarning tarkibiy qismi ekanligini bilmagan. 1831-yilda Robert Braun yadro barcha o‘simlik hujayralarida mavjudligini aniqladi va uni batafsil tavsiflab berdi.
Hujayraning boshqa organellalari turli olimlar tomonidan kashf qilingan. Masalan, mitoxondriyani 1894-yilda Richard Altman, endoplazmatik retikulum (ER)ni Albert Klod va Keyt Porter, golji apparatini Kamillo Golji, ribosomalarni 1955-yilda Jorj Palade kashf etgan.
Hujayra nazariyasi
Nemis fiziologi Teodor Shvann va nemis biologi Mattias Shleyden 1839-yilda hujayralar o‘simliklarda ham, hayvonlarda ham “organizmlarning elementar zarralari” ekanligini ta’kidladilar. Ba’zi organizmlar bir hujayrali, boshqalari esa ko‘p hujayrali bo‘lishini tan oldilar. Bu haqda Shvanning “Mikroskopische Untersuchungen über die Übereinstimmung in der Struktur und dem Wachstume der Tiere und Pflanzen”(1839; Hayvonlar va o‘simliklarning tuzilishi va o‘sishi bo‘yicha mikroskopik tadqiqotlar) asarida aytib o‘tilgan. Shvann hayvon va o‘simliklar tuzilishini taqqoslashda Shleydenning o‘simliklar ustida olib borgan tadqiqotlaridan foydalangan.
Organizmlar tuzilishining hujayra nazariyasi Shvann va Shleyden tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, uchta qoidani o‘z ichiga olgan. 1858-yilda nemis olimi Rudolf Virxov uni yana bir qoida bilan to‘ldirdi, ammo uning g‘oyalari bir qator kamchiliklarga edi. Masalan, u hujayralar bir-biri bilan zaif bog‘langan va har biri “o‘z-o‘zidan” mavjud deb taxmin qilgandi. Bir qancha vaqtdan so‘ng hujayralar yaxlit bir tizimga ega ekanligi isbotlandi.
1878-yilda rus olimi I. D. Chistyakov o‘simlik hujayralarida mitoz(eukariot hujayralarning boʻlinib koʻpayish usuli)ni, huddi shu yili V. Flemming va P. I. Peremejko hayvonlarda mitozni kashf etdi. 1882-yilda V. Flemming hayvonlar hujayralarida, 1888-yilda E. Strasburger o‘simlik hujayralarida meyoz(hujayra yadrosining xromosomalar sonining 2-marta kamayishi (reduksiya) orqali boradigan boʻlinishi)ni kuzatdi.
Hujayra nazariyasi zamonaviy biologiyaning asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, u barcha tirik mavjudotlar birligining inkor etib bo‘lmaydigan isbotidir. U embriologiya, gistologiya va fiziologiya kabi fanlarning rivojlanishi uchun asos bo‘lgan. Bugungi kunda nazariya quyidagi bayonotlarni o‘z ichiga oladi:
Manbalarda zamonaviy hujayra nazariyasi individual qoidalarining soni va matni farq qilishi
Manbalar: