Axborot texnologiyalari

Ijtimoiy tarmoq

1995, H.I.G. Capital,

Jadal rivojlanib borayotgan XXI asrda yashar ekanmiz, uzoq masofadagi yoki chet eldagi yaqinlarimiz, doʻstlarimiz bilan bogʻlanish yoki telefon orqali ular bilan koʻrishib gaplashish yoʻllari juda ham oson bplib qoldi. Yoki boʻlmasa biznes egalari uyda oʻtirgan holatda ham xodimlari bilan aloqaga chiqishi, onlayn majlislar yoki konferensiyalar oʻtkazishi ham mumkin. Bulardan tashqari endi biz, bir vaqtning oʻzida bir birimiz bilan butun bir guruh sifatida fikr almasha olamiz, suhbatlasha olamiz. Bir-birimizga fotosuratlar, videolar va musiqalar yubora olamiz. 

Xoʻsh, buncha imkoniyatlarni bizga kim yoki nima taqdim etdi? Bu voqeliklar qanday amalga oshyapti?

Ijtimoiy tarmoq nima

Ijtimoiy tarmoq — kompyuterda yoki telefonlarda xabar, maʼlumot almashadigan va baʼzi hollarda qoʻshma faoliyatda hamkorlik qiladigan shaxslarning onlayn hamjamiyati hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoq va ijtimoiy media bir-birini toʻldiruvchi tushunchalardir, ammo ijtimoiy tarmoq deganda biz odatda foydalanuvchilar oʻrtasida jamoalar yaratishni tushunamiz, ijtimoiy media ana shu auditoriyani yaratish uchun ijtimoiy tarmoq saytlari va tegishli platformalardan foydalanishga qaratilgan boʻladi.

Ha, sezib turganingizdek, yuqorida berilgan savolimizning javobi, yaʼni siz-u bizga shunday imkoniyatlarni taqdim etgan narsa — ijtimoiy tarmoqlar edi. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarning juda koʻp turlari mavjud boʻlib, siz ulardan xohlaganingizga ulanib, shaxsiy maʼlumotlaringizni kiritib profil ochishingiz va foydalanishni boshlashingiz mumkin. Ilgarigi paytlardan farqli oʻlaroq, soʻnggi yillarda milliardlab odamlar ijtimoiy tarmoq saytlariga oqib kirib keldi, chunki ular bu yerda boshqalar bilan bogʻlana olishlari uchun shaxsiy profillar yaratishlari va saqlashlari mumkin. Bu esa foydalanuvchilarga juda katta imkoniyatlar taqdim etadi. Masalan, hozirda har bir soha, har bir kasb yoki mutaxassilarning ijtimoiy tarmoqlarda guruhlari va kanallari yoki platformalari mavjud boʻlib, ular shu guruhlarda oʻzaro fikr almashadi, muhim maʼlumotlarni bir-biriga ulashadi va sohaga doir yangiliklarni muhokama qiladi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan maʼlum sohaga tegishli boʻlmay turib ham, faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish mumkin. Bunda doʻstlar bir-birlarining profilidagi rasm, video va postlarga izoh yozishi yoki reaksiya bildirishi, tarmoq ichida shaxsiy xabarlar yuborishi va har bir aʼzoning profilida koʻrinadigan kengaytirilgan doʻstlar tarmogʻini kuzatish imkonini beradi. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlar bizni taniqli sanʼatkorlar bilan ham yaqinlashtiradi. U orqali yulduzlarni nafaqat ijodidagi balki shaxsiy hayotidagi yangiliklardan ham boxabar boʻlishimiz mumkin.

Eng yaxshi holatda, ijtimoiy tarmoq saytlari ijodkorlik uyasi vazifasini bajaradi, foydalanuvchilar va ishlab chiquvchilar koʻrish va koʻrsatish istagi bilan bir-birlarini oziqlantiradi. Biroq tanqidchilar bu kabi saytlarni mashhurlikka erishish vositasi sifatida koʻradi.

Ilk ijtimoiy tarmoq — usenet yaratilishi

Dastlabki onlayn ijtimoiy tarmoqlar texnologiya ularni qoʻllab-quvvatlay oladigan darajaga yetishi bilanoq paydo boʻldi. Elektron pochta va chat dasturlari 1970-yillarning boshlarida ilk marotaba namoyish qilingan, lekin onlayn ijtimoiy tarmoq guruhlari 1979-yilda “usenet” (Userʼs Network) yaratilguniga qadar mavjud boʻlmagan. Dastlab “usenet” Dyuk universiteti (AQShning Durham shahrida) va Shimoliy Karolina universiteti oʻrtasida oʻzaro xabar almashish tizimi sifatida faoliyat boshlagan, lekin u tez orada Amerikaning boshqa universitetlari va davlat idoralari orasida ham tez tarqaladi. “Usenet” foydalanuvchilarga yangiliklar guruhlari deb nomlanuvchi mavzular doirasida xabarlar joylashtirish va qabul qilish imkonini bergan. Shu tariqa, 1980-yillarga kelib yangiliklar guruhlari soni ortib bordi. 1987-yilda esa “usenet” guruhlari qayta tashkil etildi va yangiliklar, suhbatlar, xilma-xil (turli xil mavzular) va alternativ kabi guruhlar tashkil etildi.

Dastlabki ijtimoiy tarmoqlar 

Web texnologiyasi asosida ijtimoiy tarmoqlarni yaratgan dastlabki kompaniyalar — Classmates.com va SixDegrees.com edi. Classmates.com 1995-yilda tashkil etilgan boʻlib, u oʻz ijtimoiy tarmogʻini oʻrta maktab va kollej bitiruvchilari, harbiy xizmat boʻlinmalari va ish joylari oʻrtasidagi mavjud aloqaga asosladi.

SixDegrees.com esa birinchi haqiqiy ijtimoiy tarmoq sayti edi. U 1997-yilda ishga tushirilgan boʻlib, unda foydalanuvchilar oʻzlari uchun profil yaratishlari, doʻstlar roʻyhatini yuritishlari va saytning shaxsiy xabar almashish tizimi orqali bir-birlari bilan bogʻlanishlari mumkin edi. SixDegrees.com 2000-yilga kelib 3 mlndan ortiq foydalanuvchilarni jamladi lekin u bu raqamlarni daromadga aylantira olmadi.

Internet — hozirgi kunda

Yillar davomida dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq saytlarida sezilarli oʻzgarishlar roʻy berdi va ular vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishda, rivojlanishda davom etadi. Bugungi kunga kelib ular onlayn marketingda muhim rol oʻynamoqda. U ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini reklama qilishda va shaxsiy brendlarini tanitishda asosiy vosita boʻlib kelmoqda. 2017-yilgi maʼlumotlarda koʻrsatilishicha, internet foydalanuvchilarining 71 foizi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari boʻlib, kelajakda ular sonining faqat oʻsishi kutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar haqida kerakli maʼlumotlar bilan tanishib chiqqan boʻlsak, keling, endi hozirgi kunda eng ommalashgan ijtimoiy tarmoq turlarini sanab oʻtamiz:

  1. Facebook 

 Facebook internetdagi eng yaxshi ijtimoiy tarmoq saytlaridan biri ekanligiga hech shubha yoʻq. 1,59 milliarddan oshiq foydalanuvchiga ega boʻlgan bu tarmoq har qanday ijtimoiy platformadan keng va xilma-xil foydalanuvchilarga egaligi bilan ajralib turadi. Unda siz profil ochishingiz, suratlar yoki videolar joylashingiz, doʻstlar bilan xabarlar almashishingiz mumkin. Bulardan tashqari biznes tadbirkorlari uchun Facebook butun dunyo boʻylab boʻlajak mijozlar bilan bogʻlanishning ajoyib usulini taqdim etadi.

  1. YouTube

Onlayn videolar yuklash, tomosha qilish va almashish haqida gap ketganda, boshqa hech qanday veb-sayt YouTube bilan raqobatlasha olmaydi. Googleʼga tegishli boʻlishiga qaramay, YouTube ikkinchi yirik qidiruv tizimi boʻlib, ota-onasidan alohida ijtimoiy tarmoq sifatida tan olingan. Unda shaxsiy vloglardan tortib musiqiy videolar va filmlargacha — hammasi mavjud. YouTube’da YouTube Red deb nomlangan premium obuna sotib olish imkoniyati ham mavjud boʻlib, u videolardan barcha reklamalarni olib tashlaydi.

  1. Instagram

Instagram 2010-yilda ishga tushirilganidan beri fotosurat almashish uchun eng mashhur ijtimoiy tarmoq saytlaridan biri sifatida oʻsishda davom etdi. Shuningdek, u sayohat paytida real vaqtda fotosuratlar va videolar almashish uchun ham eng yaxshi platformadir. Instagram, shuningdek, ijtimoiy media sayti orqali daromad keltiradigan brendlar va taʼsir oʻtkazuvchilar uchun yetakchi reklama platformasidir. 

Instagram 2012-yilda Facebook tomonidan 1 milliard dollarga sotib olindi.

  1. Twitter

Twitter — yangiliklar birinchi boʻlib joylanadigan ommaviy mikrobloglar tarmogʻi sifatida tanilgan. 

Twitter ijtimoiy media platformasi boʻlib, foydalanuvchilarga qisqa xabarlar, videolar, rasmlar va boshqalarni joylashtirish imkonini beradi. Har bir post “tvit” deb ataladi va 280 tagacha belgidan iborat bo‘lishi mumkin.

  1. Reddit

Reddit ham mashhur ijtimoiy saytlardan biri hisoblanadi — lekin u hech qachon murakkab dizaynga ega boʻlmagan. Reddit tanlagan mavzularini muhokama qilish uchun yigʻiladigan kuchli va aqlli foydalanuvchilar jamoasiga ega boʻlib, ular oʻzlari ishtirok etayotgan mavzusiga tegishli havolalar, fotosuratlar va videolarni almashishadi.

Reddit foydalanuvchilar tomonidan yuqori yoki past ovoz berilgan havolalarni koʻrsatish orqali ishlaydi va eng koʻp ovoz olgan mavzular subredditlarning birinchi sahifasiga oʻtadi.

  1. Pinterest

Pinterest ijtimoiy tarmoqlarda ham, koʻnikma qidiruv dunyosida ham asosiy oʻyinchi va oʻyinni oʻzgartiruvchiga aylanib, internetda vizual kontent qanchalik muhim ekanligini isbotladi. 

Pinterest — foydalanuvchilarga Internetdagi rasmlar va videolarni tartibga solish va almashish imkonini beruvchi ijtimoiy media veb-sayti. Foydalanuvchilar tomonidan yuklangan rasmlar Pinlar deb ataladi va ular moslashtirilgan, mavzuli va boshqa foydalanuvchilar tomonidan kuzatilishi mumkin bo’lgan pinboardlarda tashkil etilishi mumkin. Foydalanuvchilar, shuningdek, boshqa pinnerlar tomonidan joylashtirilgan kontentni tomosha qilishi yoki qayta yozishi mumkin. Twitter kabi har qanday pinner boshqasini kuzatishi mumkin.

  1. Google+

Google+ 2011-yilning yoz oylarida taqdim etilgan va eng tez rivojlanayotgan ijtimoiy tarmoqqa aylangan. Lekin u Facebook’ka oʻxshash boʻlgani uchun, hech kim undan foydalanmadi. Shuning uchun Google+ hech kim foydalanmaydigan ijtimoiy platforma ekanligi uchun koʻp tanqid qilingan. Keyinchalik, 2015-yilga kelib, Google+ uni Facebook’dan farqlashga qaratilgan yangilanishni amalga oshirdi.

  1. LinkedIn

Boshqa tarmoqlardan farqli oʻlaroq, LinkedIn eʼtibor qaratishingiz kerak boʻlgan ijtimoiy media tarmogʻidir. LinkedIn onlayn oʻquv dasturiga oʻxshaydi, uni professionallar uchun ideal platforma desak ham boʻladi. Karerasida martabaga erishish uchun yangi aloqalarni oʻrnatishni yaxshi koʻradigan har bir kishi uning xususiyatlaridan foydalanishi kerak. Har bir profil batafsil rezyumiga oʻxshash shaklda tuzilgan boʻlib, unda ish tajribasi, yutuqlari, koʻngillilar faoliyati va boshqa har qanday ish bilan bogʻliq maʼlumotlar boʻlimlari mavjud. LinkedIn foydalanuvchilari boshqa mutaxassislar bilan aloqa oʻrnatish, ish eʼlonlarini joylashtirish, boʻsh ish oʻrinlariga murojaat qilish va guruh muhokamalarida oʻzaro muloqot qilish imkoniyatiga ega. 

  1. Telegram

Telegram bulutli xabar almashish ilovasi boʻlib, foydalanuvchilarga xabarlar, fotosuratlar, videolar va fayllarni bepul yuborish imkonini beradi. Shuningdek, u ovozli qoʻngʻiroqlar, guruh chatlari va ommaviy eshittirish kanallarini taqdim etadi. Telegram mashhur, chunki undan foydalanish uchun telefon raqami talab qilinmaydi. Shuningdek, u maxsus xavfsizlik sozlamalarini va maxfiy suhbatlarni taklif qiladi. Telegram 2013-yilda rossiyalik aka-uka tadbirkorlar Pavel va Nikolay Durovlar tomonidan ishga tushirilgan.


Manbalar:

  1. Britannica.com
  2. Primeview.com